O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

​O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axboroti​

2019-03-17 | Jamiyat

2018-yili dunyodagi inson huquqlari vaziyati bo‘yicha yillik ma’ruzada (2019-yil 13-mart kuni chop etilgan) AQSh Davlat departamenti O‘zbekistondagi inson huquqlari ahvoli ko‘p jihatdan sezilarli darajada yaxshilanganini e’tirof etdi. Bu esa ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar samaradorligi va respublika rahbariyatining inson manfaatlariga xizmat qilishiga bo‘lgan qat’iy sodiqligining e’tirofi bo‘ldi.

Xususan, avvalo jinoiy odil sudlov, sud jarayonining ko‘proq shaffofligini ta’minlash, ayblovchi dalillar bazasidan foydalanishga himoyachi tomoniga kengroq izn berilishi ta’minlashi va natijada oqlovchi qarorlar sonining ko‘payishi sohalaridagi ishlarga ma’ruzada obyektiv baho berilishi diqqatga sazovordir.

Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashning samaradorligi, qiynoqlardan hamda boshqa muomala va jazoning noinsoniy yoki sharafini kamsituvchi turlaridan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar qabul qilinishi, shuningdek, bunday jinoyatlar uchun mas’uliyat kuchaytirilishi e’tirof etiladi.

So‘z va ifoda erkinligini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida matbuot erkinligini ta’minlash bilan bog‘liq vaziyatning yaxshilanishi, shuningdek, O‘zbekistonning inson huquqlari tashkilotlari va fuqarolik jamiyati faollari bilan ochiq munosabatlari e’tirof etilmoqda.

Ma’ruzada diniy ekstremizmda gumonlangan minglab shaxslar huquqni muhofaza qilish organlari ro‘yxatidan chiqarilishi, shuningdek, ko‘plab afv etish holatlari va ularning ijtimoiy moslashuviga qaratilgan dasturlar alohida qayd etilgan.

“Human Rights Watch” va “Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi” ma’lumotlariga asoslanib “O‘zbekistonda yigirma yildan ziyod vaqtdan beri ilk marotaba jurnalistlar va fuqarolik jamiyati faollari qamoqxonalarda qolmagani” ma’ruzada e’tirof etilishi diqqatga sazovordir.

Hujjatda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha muvaffaqiyatli qabul qilingan huquqiy va ma’muriy choralar alohida ko‘rsatilgan. O‘zbekistonning mehnat huquqlarini himoya qilish sohasidagi taraqqiyoti AQSh Davlat Departamenti va Mehnat Departamentining 2018-yildagi tegishli bayonotlarida bir necha bor e’tirof etilgan.

O‘tgan yilning dekabr oyida AQSh Davlat kotibining O‘zbekistonni “diniy erkinlik sohasidagi alohida tashvish uyg‘otuvchi mamlakatlar ro‘yxatidan” chiqarish qarori respublikaning inson huquqlari sohasida erishgan yutuqlarining yana bir muhim e’tirofi bo‘ldi.

O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish sohasida erishilgan natijalar, shubhasiz, mamlakatda qabul qilingan “2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” doirasida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bog‘liq, bu esa chuqur demokratik islohotlarning boshlanishiga olib keldi.

O‘zbekiston inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini mamlakatda ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishda qat’iydir va bundan keyin ham “aniq islohotlar” yo‘lidan boradi, shuningdek, amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar yahlit, barqaror va ortga qaytmas xarakteriga ega. Shuningdek, respublikada inson huquqlarini himoya qilish institutlari va mexanizmlarini yanada takomillashtirish, shu jumladan, xalqaro va nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan kelib chiquvchi eng muhim topshiriqlarni amalga oshirilishining hal etuvchi shartlari shundan iboratdir. Ushbu islohotlarning asosiy maqsadi inson, uning ehtiyojlari va manfaatlari hisoblanadi.

Поделиться