O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Elchisi Niderlandiya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

2019-03-15 | Siyosat

2019-yilning 13-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Elchisi (qarorgohi Bryussel shahrida) Dilyor Xakimov Niderlandiya Qiroli Villem-Aleksandrga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Niderlandiya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Niderlandiya Qiroli Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga oʻz hurmatini izhor etar ekan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuksak baholadi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligini faollashtirish, Orol dengizi qurishi oqibatlarini kamaytirish hamda Afgʻonistonda tinchlik, xavfsizlik va farovonlikni taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlari taʼkidlandi. 

Niderlandiya rahbari ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar, xususan, qishloq xoʻjaligi, suv resurslaridan samarali foydalanish, ilgʻor texnologiyalar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish uchun katta salohiyat mavjudligini taʼkidladi.

Qirol Villem​-Aleksandr Gollandiya kompaniyalarining Oʻzbekistonga ikkinchi savdo missiyasini tashkil etilishini mamnuniyat bilan qoʻllab-quvvatladi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari oʻrtasidagi aloqalar oʻzaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishini taʼkidladi.

Поделиться