O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Gollandiyalik ishbilarmonlar Namanganda

2019-03-15 | Jamiyat

Gollandiya Qirolligining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Regina Veronika Mariya Jons-Bos boshchiligidagi Gollandiya Qirolligi qishloq xoʻjaligi sohasidagi yetakchi ishbilarmonlardan iborat delegatsiya Namangan viloyatiga keldi.

Viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan qabul marosimida mazkur tashrifning ahamiyati va undan koʻzda tutilgan maqsad, savdo-iqtisodiy, sayyohlik va xususan qishloq xoʻjaligi sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishning istiqbollari haqida fikr almashindi.

Viloyat hokimi X.Bozorov mehmonlarga Namangan viloyatining ijtimoiy, iqtisodiy, tabiiy imkoniyatlari, oʻrta va kichik biznesni rivojlantirish, investorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoit va imtiyozlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

–Viloyatda, ayniqsa, qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning imkoniyatlari juda keng, – dedi viloyat hokimi X.Bozorov. – Geografik joylashuvi, iqlimi, unumdor yerlari va eng asosiysi mehnatkash odamlari bilan bugungidan oʻn karra yuqori natijalarga erishishimiz mumkin. Faqat bugun bizga ushbu sohada innovatsion yondashuv, fan va texnikaning ilgʻor yutuqlari, zamonaviy texnika va texnologiyalar talab etilmoqda. Shu nuqtai nazardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti boʻyicha dunyoning yetakchi davlatlaridan biri boʻlgan Gollandiya bilan bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash kabi yoʻnalishlarda hamkorlik qilishga tayyormiz. Bu borada investorlarga tegishli tartibda har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berishni kafolatlaymiz.

–Namanganga oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida Yevropa davlatlari orasida birinchi boʻlib bizning vakillarimiz kelganidan juda mamnunmiz va bu tashrifimiz kelgusidagi hamkorligimizga mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilishiga ishonamiz, – dedi Regina Veronika Mariya Jons-Bos. – Ha, Gollandiya yer maydoni nuqtai nazaridan uncha katta davlat emas, lekin qishloq xoʻjaligi sohasida katta tajribaga ega, yetakchi davlatlardan biridir. Oʻzbekiston, jumladan, Namangandek zaminda bu sohada birga ishlash biz uchun ham manfaatli. Bugun Gollandiyaning bu sohadagi ellikka yaqin yirik kompaniyalari vakillari kelgan. Ular namanganlik ishbilarmonlar bilan innovatsion texnologiyalar asosida kartoshka, qulupnay yetishtirish, issiqxonalar, chorvachilik, urugʻchilik, agrologistika kabi yoʻnalishlarda hamkorlik qilishga tayyor.

Kunning ikkinchi yarmida “Namangan yoshlar markazi” da “Oʻzbekiston-Gollandiya” agrobiznes-forumi, Oʻzbekiston va Gollandiya tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida uchrashuvlar oʻtkazildi. Mehmonlar 15 mart kuni tumanlarda fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishadi.

 

Akramjon Sattorov, Hotamjon Mamadaliyev (surat), OʻzA

Поделиться