O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bojxonachilar eksportyorlarga yaqindan koʻmak koʻrsatishmoqda
2019-03-14 | Jamiyat
Maʼlumki, joriy yilning 23-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 163-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarga sezilarli darajadagi yengilliklar yaratildi.
Bugungi kunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu qaror mazmun-mohiyatini eksportyorlarga tushuntirish maqsadida keng koʻlamli targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri, Nukus shahrida joylashgan “Global Food Impex” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 3 gektar maydonda chet el texnologiyasi asosida barpo etilgan issiqxonada amalga oshirildi. Shuningdek, ushbu korxona faoliyati bilan yaqindan tanishilgan holda mazkur jamiyat aʼzolariga yangi qabul qilingan qaror mazmuni toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berildi.
Uchrashuv davomida, korxona rahbari A.Bauyenovni qiziqtirgan savollarga toʻliq javoblar qaytarildi.