O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistondagi noyob ipak qurti va tut navlari YuNESKO ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

2019-03-14 | Madaniyat

Ipakchilik ilmiy tadqiqot institutida YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Pilar Alvares-Laso bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda ipakchilik sohasi 3 ming yillik tarixga ega. Bugungi kunda Ipakchilik ilmiy tadqiqot institutida mamlakatimizda uzoq yillik ilmiy izlanishlar natijasida yaratilgan ipak qurtining yuqori sifatli va noyob turlari ko‘paytirilib, saqlab kelinadi. Ilmiy tadqiqot institutida 120 turdan ortiq ipak qurti zotlari, 230 dan ortiq tut daraxtlari kolleksiyasi saqlanadi. Ularni ko‘paytirish, fundamental va amaliy tadqiqotlarda keng foydalanish ishlari samarali tashkil etilgan.

Bu kabi faoliyatga bugun davlat tomonidan alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Tashrif doirasida YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari muassasada ipak qurtini ko‘paytirish, saqlash va parvarishlar jarayonlari bilan tanishdi.

– Meni institutda ipak qurti va tut navlarining noyob turlari saqlanayotganiga guvoh bo‘ldim. Bu bebaho boylikni saqlab, parvarish qilib kelayotgan institut xodimlariga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Nomoddiy madaniy merosning davlat tomonidan muhofaza qilinayotgani yanada quvonarli, – dedi Pilar Alvares-Laso.

Uchrashuvda institut tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqot va izlanishlarni hamkorlikda davom ettirish, saqlanayotgan ipak qurtining nodir turlari, tut navlarini YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish masalalari muhokama qilindi.

Поделиться