O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koʻp qavatli uylarni qayta taʼmirlashda Germaniya tajribasi oʻrganilmoqda

2019-03-14 | Jamiyat

12-mart kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida Toshkent shahridagi koʻp qavatli uylarni Germaniyaning Pro House loyihasi asosida sanatsiyalash (bino va imoratlarni maxsus texnologiya asosida qayta taʼmirlash va modernizatsiya qilish) mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirni vazirning yuqori martabali maslahatchisi Karsten Xayns ochib berdi, shuningdek unda Uy-joy kommunal qurilish vazirligi, Qurilish vazirligi, Professional boshqaruvchi shirkatlar uyushmasi, Toshkent Arxitektura qurilish institutining malakali mutaxassislari qatnashdi.

˗ Germaniyada koʻp qavatli uylarni sanatsiya qilish oʻz samarasini berib, hatto davlat dasturiga kiritilgan, ˗ dedi K. Xayns. ˗ Bu ishlarga odatda 2-4 foizli imtiyozli kreditlar ajratiladi. Aslida, koʻp qavatli uylarni maxsus texnologiyalar asosida qayta taʼmirlash tashabussi koʻp qavatli uylarda yashovchi aholidan chiqib, hukumat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi lozim.

Oʻzbekistonda koʻp qavatli uylarning qariyb 98 foizi mulkdorlarga tegishli. Bunday uylar boshqaruvi turli ijtimoiy, texnik, huquqiy, moliyaviy va operatsion masalalar yechimini taqozo etadi. Shu bilan bir paytda ularning koʻpi kapital taʼmirlanishi yoki tiklanishi lozim.

Qozogʻiston va Oʻzbekistonda koʻp qavatli uylarning energiya samaradorligini oshirish hamda asosiy tizimlarni mustahkamlash maqsadida “Sharqiy Yevropada uy-joy xoʻjaligi” ittifoqi 2016 yilda Qozogʻiston va Oʻzbekistonda koʻchmas mulk professional boshqaruvi boʻyicha PRO HOUSE loyihasini ishlab chiqdi.

Sanatsiyalash – koʻp qavatli uy-joylarning texnik, iqtisodiy, ijtimoiy omillarini hisobga olgan holda alohida qurilish elementlarining texnik holatini oʻzgartirib, uyning xizmat qilish davrini uzaytirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar majmuidir. Ushbu qayta taʼmirlash tadbirlari energiyaning tejalishi, energiya yoʻqotishlarining kamayishi, shuningdek koʻchmas mulk qiymatining oshishiga olib keladi. Sanatsiyalash odatda uyda istiqomat qiluvchi fuqarolarni yashash joyidan chiqarilmasdan amalga oshiriladi.

Germaniya misolida koʻradigan boʻlsak, bu yerda koʻp qavatli uylarning 70 foizi modernizatsiya qilingan. Sanatsiyalash qiymati yangi qurilish qiymatidan 3-7 barobar pastligi eʼtiborga molikdir. Bugungi kunda sanatsiyalangan panel uylar koʻchmas mulk bozorida qayta taʼmirdan chiqmaganlaridan anchayin yuqori baholanadi.

Oʻzbekistonda ham koʻp qavatli uylarni energiya samaradorlik jihatidan modernizatsiya qilish vaqti keldi. Seminar natijalariga koʻra, Yevropa Ittifiqining “Pro House” loyihasi vakillari joriy yilning aprel oyida Toshkentda koʻp qavatli uylarni sanatsiyalash mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazishni taklif qildilar.

Поделиться