O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Markaziy Osiyo mamlakatlarida infratuzilma sifatini mustahkamlash
2019-03-13 | Jamiyat
“Markaziy Osiyo mamlakatlarida infratuzilma sifatini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish doirasida “Oʻzstandart” agentligi va Germaniya Federativ Respublikasining Fizika-texnik instituti oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Dastlab Germaniya Federativ Respublikasining tajribasi va ilgʻor xalqaro tajribasi misolida metrologiya nuqtai nazaridan infratuzilma sifati muhokama qilindi. Respublikada foydalanuvchilarining oʻlchash vositalarini kalibrlashga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash muhimligi, shuningdek kalibrlashni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish zarurligi alohida taʼkidlandi. Sanoat korxonalarining vakillari va kalibrlash xizmatlaridan potensial foydalanuvchilari oʻrtasida tushuntirish ishlarini oʻtkazish orqali oʻlchash madaniyatini yaxshilash masalasi koʻrib chiqildi.
Bunda Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti va hududiy darajalarda kalibrlash va oʻlchash sertifikatlarini oʻzaro eʼtirof etish toʻgʻrisidagi loyiha va kelishuvlarda ishtirok etayotgan yuqori darajali vakolatga ega idora hisoblanishi taʼkidlab oʻtildi.
Infratuzilma sifati idoralarining konsepsiyasining, 10 yildan keyin erishilishi rejalashtirilayotgan maqsadidan kelib chiqib, shakllantirilishi maqsadga muvofiqligi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlariga koʻra quyidagi masalalar boʻyicha kelishuvlarga erishildi:
- ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish;
- akkreditatsiya sohasidagi ekspertni jalb qilish;
- oʻlchash vositalarini kalibrlashni joriy qilishda yordam koʻrsatish uchun ustuvor sohalarni birgalikda aniqlash va boshqalar.
Keyingi uchrashuv 2019-yil iyun oyiga rejalashtirilgan.