O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv

2019-03-13 | Siyosat

2019-yilning 12-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov mamlakatimizda tashrif bilan boʻlib turgan Koreya Respublikasining Jeneva shahridagi Doimiy vakili, Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo boʻlishi boʻyicha ishchi guruh rahbari Ji-ah Paik bilan uchrashdi.

Boʻlib oʻtgan batafsil suhbat chogʻida mamlakatimizning JSTga aʼzo boʻlishi jarayonini qayta yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq masalalar va Ji-ah Paik boshqarayotgan Ishchi guruh bilan hamkorlik qilishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Hozirgi vaqtda JST 164 ta mamlakatni va jahon savdosi umumiy hajmining 98%ini birlashtirib, davlatlar oʻrtasidagi global savdo qoidalarini tartibiga soluvchi asosiy xalqaro organ hisoblanadi. Oʻzbekiston tashkilotga aʼzo boʻlish uchun 1994-yilda ariza bergan, biroq muzokaralar jarayoni amalda toʻxtatib qoʻyilgandi.

Uchrashuv chogʻida Ilhom Neʼmatov taʼkidlaganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan Oʻzbekistonning 2017-2021-yillarga moʻljallangan Rivojlanish strategiyasi mamlakat iqtisodiyotini yangi, innovatsion va industrial rivojlanish darajasiga olib chiqishda eng muhim rolni oʻynaydi. Oʻzbekistonning JSTga kirishi jarayoni faol fazasining qayta yoʻlga qoʻyilishi mamlakat hayotning turli jabhalarida oʻtkazilayotgan keng koʻlamli islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanishi qayd etildi.

Oʻzbekiston Koreya Respublikasi bilan JSTga qoʻshilish jarayonida koʻmaklashish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” imzolagan boʻlib, Ji-ah Paik Janubiy Koreyaning mazkur yoʻnalishda birgalikda ishlashga tayyorligini tasdiqladi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Поделиться