O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Kunio Mikuriya Oʻzbekistonda

2019-03-06 | Jamiyat

2019-yilning 5-mart kuni Jahon bojxona tashkilotining Bosh kotibi Kunio Mikuriya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Tashrifning asosiy tadbirlari 6 mart kuni boʻlib oʻtmoqda.

Dastlab yuqori martabali mehmon va Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻzaro uchrashuvi oʻtkazildi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining bojxona sohasidagi xalqaro hamkorligiga doir turli masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Bosh kotibni mamlakatimizga tashrifi bilan qutlar ekan, DBQ Raisi M.Azimov respublikamizda Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tashqi siyosat borasida xorijiy davlatlar bilan olib borilayotgan konstruktiv va oʻzaro manfaatga asoslangan hamkorlik bojxona sohasida ham oʻzining jadal ifodasini topayotganligini taʼkidladi.

Suhbat davomida Bosh kotib K.Mikuriya soʻnggi ikki yil davomida Oʻzbekistonda bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini, ayniqsa, respublikadagi barcha xalqaro aeroportlarida bojxonadan oʻtishda joriy qilingan ikki yoʻlakli tizim, tovar va transport vositalarining bojxona nazoratida qoʻllanilayotgan Xavflarni boshqarish tizimi, qoʻshni davlatlar bilan faol ravishda tiklanayotgan oʻzaro bordi-keldilar, xususan oʻnlab chegara-bojxona oʻtkazish punktlarining qayta faoliyat koʻrsatayotganligini mamnuniyat bilan eʼtirof etdi.

Uchrashuvda asosiy eʼtibor Oʻzbekistonning Jahon bojxona tashkiloti va xorijiy davlatlar bilan bojxona sohasidagi oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirish masalalariga qaratildi.

Dunyoning 180 dan ortiq davlatlarini oʻzida birlashtirgan mazkur nufuzli tashkilotga Oʻzbekiston 1992-yil 28-iyuldan aʼzo hisoblanadi. Oʻzbekiston Jahon bojxona tashkilotining bojxona amaliyotlari bilan bogʻliq 20 dan ortiq xalqaro konvensiyalarga bevosita va bilvosita aʼzo.

Bojxona sohasidagi islohotlar doirasida Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Jahon bojxona tashkiloti tomonidan dunyo boʻylab joriy qilingan “Savdoga koʻmaklashish va xavfsizlik standartlari”ning muhim tamoyili boʻlmish “Biznes uchun bojxona” (Customs to Business) yoʻnalishida amalga oshirilgan salmoqli ishlar haqida ham atroflicha toʻxtalib oʻtildi.

Xususan, turli davlatlar bilan ikki tomonlama savdoni rivojlantirish va fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida Tojikiston Respublikasi chegarasida joylashgan 10 ta, Qozogʻiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan 2 ta chegara oʻtkazish punktlari, qoʻshimcha 55 ta tranzit yoʻlaklari ishga tushirilgani alohida eʼtirof etildi.

Taʼkidlash joizki, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgiziston va Belarus davlatlari bilan ayrim tovarlar uchun soddalashtirilgan bojxona yoʻlaklari tashkil etish boʻyicha bitimlar imzolandi. Bojxona xizmatlari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston bojxona xizmati tomonidan ishlab chiqilgan bitim loyihalari boʻyicha dunyoning 22 ta davlatiga takliflar yuborilgan.

2018-yilda Jahon bojxona tashkilotining “Mintaqaviy oʻquv markazi” maqomiga ega boʻlgan DBQning Milliy kinologiya markazida Tojikiston bojxona xizmatining 15 nafar kinologlari uchun begʻaraz asosda 2 oylik oʻquv kurslari tashkil qilindi.

Uchrashuv ochiq, konstruktiv va samimiy ruhda kechdi.

Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibining Oʻzbekistonga tashrifi davom etmoqda. Tashrif tafsilotlari bilan navbatdagi xabarlarimiz orqali tanishib borishingiz mumkin.

Поделиться