O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

XTV tomonidan “Sport haftaligi” gʻoliblari taqdirlandi

2019-03-06 | Sport

Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarida joriy yilning 25-28 fevral kunlari “Taʼlim muassasalari haftaligi” doirasida kunlik ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkazildi. Shuningdek, tasdiqlangan kalendar reja asosida yengil atletika, futbol, voleybol hamda “Alpomish va Barchinoy” maxsus testlari boʻyicha musobaqalar tashkil etildi. Bellashuvlarda jami 795 ming nafar (shundan 273 ming nafar qizlar) oʻquvchi-yoshlar faol ishtirok etdi.

Alohida taʼkidlash joizki, Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan 2019 yilning 27 fevral kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidagi 12-sonli hamda Ohangaron shahar 3-umumtaʼlim maktablarining 250 nafarga yaqin oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Alpomish va Barchinoy” musobaqasi koʻtarinki ruhda tashkil etildi. Yunusobod tumanidagi 122-umumtaʼlim maktabida esa voleybol boʻyicha musobaqalar uyushqoqlik bilan oʻtkazildi. Ushbu musobaqaga 14 ta umumtaʼlim maktablaridan 390 nafardan ortiq oʻquvchilar jalb etildi.

Musobaqa gʻoliblariga Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston “Yoshlik“ jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan sport anjomlari va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Eʼtiborlisi, mazkur tadbirlarni oʻtkazish jarayonida oʻquvchilar oʻrtasida doʻstona aloqalar, bir jamoa boʻlib harakat qilish va gʻalabaga boʻlgan ishonch tuygʻulari shakllantirildi. Shu bilan birga tadbirlar davomida oʻgʻil-qizlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazilishi, ularda sportga boʻlgan havas, intilish hamda milliy gʻurur va iftixor tuygʻusini oshirishga, qolaversa, sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini kuchaytirishga erishildi.

Поделиться