O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hokim isteʼdodli qizlar bilan uchrashdi

2019-03-06 | Jamiyat

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hududdagi isteʼdodli qizlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol ulgʻaytirish, isteʼdod va salohiyatini toʻlaqonli namoyon etishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratib berilgan. Xususan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovi koʻplab yosh isteʼdod sohibalarini yuzaga chiqarish, ularni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
 
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Andijon viloyati hokimi ana shu tanlovning viloyat boʻyicha saralash bosqichida faol ishtirok etgan qizlar bilan uchrashdi.
 
– Biz, yoshlarga koʻrsatilayotgan eʼtibordan behad mamnunmiz, – deydi Andijon davlat universiteti qoshidagi akademik litsey oʻquvchisi Xolida Hasanova. – Uchrashuv meni yanada faol boʻlishga, faqat aʼlo baholarga oʻqishga undaydi. Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanishga harakat qilaman.
 
Darhaqiqat, ayni paytda viloyatdagi barcha taʼlim muassasalarida “Zulfiyaxonim izdoshlari”, “Iqtidorli qizlar”, “Qizlarjon” klub va toʻgaraklari faoliyat koʻrsatmoqda. Natijada yosh isteʼdod sohibalari safi, ular tomonidan qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar yildan-yilga ortmoqda.
 
Uchrashuvda viloyat hokimi yosh isteʼdod sohibalariga diplom va esdalik sovgʻalari topshirdi.

 

Faxriddin UBAYDULLAYEV, Zuhriddin UMURZOQOV (surat), OʻzA

Поделиться