O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xotin-qizlar qoʻmitasi qoshida “Nodavlat notijorat tashkilotlar klubi” tashkil qilindi
2019-03-05 | Jamiyat
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi qoshida jamoatchilik asosida faoliyat olib boruvchi “Nodavlat notijorat tashkilotlar Klubi” tashkil qilindi. Bu haqda Xotin-qizlar qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Klubning asosiy maqsadi xotin-qizlar sohasida faoliyat olib boruvchi nodavlat notijorat tashkilotlarning hamkorlik qilish, faoliyatini muvofiqlashtirish maydonini yaratish, ijobiy tajribalarini ommalashtirish, shuningdek, ijtimoiy xizmatlarni muvofiqlashtirish, ayollar va bolalar masalalarida duch kelayotgan muammolarda NNTlarning rolini oshirishdan iborat.
Klubning asosiy vazifalari sohada faoliyat olib boruvchi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat yoʻnalishlarini belgilab berish va shu asosida ularni birlashtirish, namunali tashkilotlarning ish uslublari intgeratsiyasini yoʻlga qoʻyish, Xotin-qizlar ijtimoiy – siyosiy faolligini oshirishda, shuningdek ularning hayotida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ijtimoiy muammolarni hal qilishda NNTlar ulushini oshirish sanaladi
Ushbu konsepsiya orqali nodavlat notijorat tashkilotlar oʻrtasida hamkorlik mexanizmlarini takomillashishi, uzoq yillik tajribaga, oʻzining namunali ish uslubiga ega boʻlgan va ish tajribasini ulasha oladigan jamoat tashkilotlarning boshqalari bilan uygʻunlikda ish olib borishishiga erishish kutilmoqda.
Ayni paytda Oʻzbekistonda 9697 ta nodavlat notijorat tashkilotlari mavjud boʻlib, ulardan 376 tasi xotin-qizlar sohasida ish olib boradi.