O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani (Minsk, 1995-yil 26-may) ratifikatsiya qilish haqida
2019-03-05 | Hujjatlar
O'zbekiston Respublikasi Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-fevralda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 28-fevralda
maʼqullangan
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi toʻgʻrisidagi Konvensiya (Minsk, 1995-yil 26-may) quyidagi qoʻshimcha shart bilan ratifikatsiya qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi faoliyatini moliyalashtirish uchun unda oʻz vakillarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan hajmlarda mablagʻ ajratadi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev