O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Poytaxt hokimligida Tojikiston delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi
2019-03-04 | Jamiyat
Joriy yilning 27-fevral sanasida Dushanbe shahrining Bosh arxitektori Kosim Usmonzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda ikki mamlakat vakillari davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida oʻzaro fikr almashdi.
Shuningdek, mehmonlar Toshkent shahridagi qurilish va bunyodkorlik ishlari tajribasini oʻrganish istagini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida qoʻshni mamlakat vakillari qurilish va bunyodkorlik sohasida Toshkent tajribasini oʻrganish borasidagi istiqboldagi vazifalarni kelishib oldilar.