O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Amaliyot va taʼlim uzviyligini taʼminlash yoʻlida

2019-03-04 | Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti oʻrtasida amaliyot bilan taʼlimning uzviyligini taʼminlash maqsadida imzolangan shartnomaga muvofiq vazirlik rahbar va mutaxassislarining talabalarga mashgʻulot oʻtishi tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 1-mart kuni oʻtkazilgan navbatdagi maʼruza mashgʻulotida Yerlarni melioratsiyalash boshqarmasi boshligʻi Q.Murodov Gidromelioratsiya fakultetining Suv xoʻjaligi va melioratsiya taʼlim yoʻnalishi 4-bosqich talabalariga suv xoʻjaligi tizimida, jumladan, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, sohani texnik va texnologik jihatdan yaxshilash hamda modernizatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha maʼlumot berdi.

Mashgʻulot soʻngida talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Поделиться