O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish oyligi

2019-03-04 | Jamiyat

Maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni xavfsiz va sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish hamda maktabgacha taʼlim muassasalari oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilish, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlar samaradorligini oshirish, ovqat tayyorlash uchun masʼul xodimlar (hamshiralar, oshpazlar va ombor mudirlari)ning bilimlarini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining joriy yil 27-fevral kuni 2/36-sonli maktabgacha taʼlim muassasalarida “Sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish oyligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qoʻshma qarori qabul qilindi.

Qoʻshma qarorda quyidagi vazifalarni amalga oshirish koʻzda tutildi:

maktabgacha taʼlim muassasalari oshpazlari, omborchilari, hamshiralari uchun maktabgacha taʼlim muassasalarida taom tayyorlash jarayonida texnologiya qoidalariga amal qilish, oziq-ovqat ombori ishini toʻgʻri tashkil etish, maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilar ovqatlantirishini tashkil etishda sanitariya-gigiyena talablari va qoidalarining bajarilishini taʼminlash yuzasidan oʻquv-seminarlar oʻtkazish;

maktabgacha taʼlim muassasalari uchun xarid qilinayotgan mahsulotlarning sifatli boʻlishi, muassasalarda tashkil qilingan brakeraj komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish;

maktabgacha taʼlim muassasalari oshxonalarining texnologik jihozlar, sovutkichlar, oshxona jihozlari, omborxonada mahsulotlarni saqlash sharoitlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi yuzasidan xatlov oʻtkazish.

Joriy yilning mart oyidan boshlab maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishga masʼul xodimlar (oshpazlar, omborchi va hamshiralar)ning ovqat tayyorlash texnologiyasi, mahsulotlarni sifatli qabul qilish, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilish yuzasidan bilim darajasini va masʼuliyatini oshirish doimiy tartib etib belgilandi.

Respublikaning barcha tuman(shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari va Davlat sanitariya epidemiologiya markazlari tomonidan 2 mart kuni oshpazlar, 16 mart hamshiralar va 30 mart kuni omborchilar uchun oʻquv seminarlari oʻtkaziladi.

Maktabgacha taʼlim muassasalaridagi ovqatlantirish tizimidagi mavjud muammolar aniqlanadi va takliflar tayyorlanadi.

Поделиться