O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2019-03-01 | Jamiyat
“O‘zstandart” agentligi hamda Turk standartlari instituti (TSE)ning navbatdagi ta’sis kengashida “O‘zstandart” agentligi bosh direktori o‘rinbosari Jasur Shukurov hamda “Turk standartlari instituti” Prezidenti Adem Shaxinlar o‘rtasida o‘zaro muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv jarayonida o‘tgan davr mobaynida hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar hisoboti, kelgusida xodimlar malakasini oshirish, o‘zaro tajriba almashish, xalqaro ekspert auditorlarni jalb qilish kabi masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish so‘nggida mehmonlar markaz Sinov laborotoriyalari majmuasi faoliyati bilan tanishdilar.