O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezident hamisha Xalq bilan birga!
2019-02-28 | Siyosat
Namangan viloyatiga tashrif chogʻida Prezident korteji kutilmaganda Toʻraqoʻrgʻon tumani dehqon bozori yonida toʻxtadi. Davlatimiz rahbari xalq ichiga kirib borib, odamlar bilan samimiy muloqot qildi.
Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror qilish, aholi turmush darajasini oshirish yoʻlidagi islohotlar xalq bilan bamaslahat davom ettirilishini taʼkidladi. Jumladan, Namangan viloyatining har bir tumaniga katta miqdorda investitsiyalar kiritish, yangi korxonalar, sanatoriylar, maktablar qurish, ishchi joylar yaratish boʻyicha ulkan loyihalar boshlanganini aytib oʻtdi.
Odamlar Prezidentimiz tashrifidan benihoya xursand boʻlib, islohotlar natijalari har bir sohada sezilayotganini bildirdi. Namangan viloyati, umuman, mamlakatimiz hayotida roʻy berayotgan oʻzgarishlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik izhor etdi.
Taʼkidlash kerakki, xalq bilan muloqot qilish, hamisha xalq bilan birga boʻlish Shavkat Mirziyoyevning oʻziga xos imiji. Prezidentimiz har bir hududga, jumladan, 2017-yilda Toʻraqoʻrgʻon tumaniga tashrifi chogʻida ham odamlar bilan muloqot qilgan.