O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yetakchi xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlik bitimini imzoladi

2019-02-28 | Ta’lim

27-fevral kuni “Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish dasturi doirasida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Times Higher Education xalqaro reyting agentligi va Elsevier kompaniyasi bilan uch yilga moʻljallangan hamkorlik bitimini imzoladi.

Imzolangan Bitimga koʻra Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Times Higher Education xalqaro reyting agentligi bilan yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalarining jahon ilm-fani olamidagi mavqeni mustahkamlash, taʼlim bozorida raqobatbardoshligini oshirish, qolaversa, dunyoning yetakchi ilmiy-taʼlim markazlari, nufuzli universitetlarning xalqaro reytingiga mahalliy universitetlarni kiritish yoʻlida birgalikda harakat qiladi.

Kelishuv doirasida vazirlik respublikadagi eng yaxshi universitetlar rektorlari va proyektorlaridan iborat Times Higher Education ekspertlari bilan birgalikda ishlaydigan ishchi guruhni shakllantiradi. Mazkur ishchi guruh aʼzolari noyob maʼlumotlar va tahlillardan foydalanish imkoniga ega boʻladilar hamda rivojlanishning ustuvor vazifalari va institutsional strategiyasini ishlab chiqishda Times Higher Educationning doimiy koʻmagidan foydalanishadi. Ushbu bitim xorijiy ilmiy-taʼlim markazlari bilan yanada faolroq hamkorlik qilish imkonini beradi.

Shuningdek, bir paytning oʻzida vazirlik jahonga mashhur Elsevier nashriyot uyi bilan SciVal axborot-tahliliy portali maʼlumotlaridan foydalanish boʻyicha Bitim imzoladi. Mazkur kelishuv respublika oliy taʼlim muassasalariga nufuzli xalqaro ilmiy axborotlar manbasidan foydalanish, ilmiy tadqiqotlar sohasida samaradorlikni oshirish, pirovardida universitetlarning xalqaro global reytingiga kirish imkonini beradi. 

Поделиться