O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQSH taʼlim loyihalarini amalga oshirishda Oʻzbekistonni qoʻllab-quvvatlaydi

2019-02-27 | Ta’lim

Joriy yilning 27-fevralida Xalq taʼlimi vazirligi hamda AQSH hukumati oʻrtasida taʼlim sohasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladi.

Mazkur hujjatni poytaxtimizda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov hamda AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha yordamchisi vazifasini bajaruvchisi, elchi Elis Uells, shuningdek, AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi(USAID) Administratorining Markaziy va Janubiy Osiyo boʻyicha yordamchisi oʻrinbosari Xaver Pedra imzoladi.

Memorandum doirasida AQSH hukumati Oʻzbekistonda taʼlim sohasini isloh qilishni qoʻllab-quvvatlashini alohida taʼkidladi. Xususan, AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) Xalq taʼlimi vazirligiga taʼlim sohasida strategik rejalashtirish, resurslarni safarbar qilish, oʻqitish metodikasini takomillashtirish va oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda maslahatlar berib boradi. Shu bilan birga agentlik taʼlim sohasidagi maʼlumotlarni yigʻish va ulardan foydalanish boʻyicha eng yaxshi jahon tajribalari bilan oʻrtoqlashadi.

Taʼkidlash joizki, USAID yurtimizdagi boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻqish (EGRA) hamda matematika (EGMA) dan olgan bilimlarini baholash jarayonida koʻmak beradi. Bu esa oʻz navbatida oʻquv dasturlari hamda oʻquvchilarning tahliliy fikrlashlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga AQSH Davlat departamenti Xalq taʼlimi vazirligiga maktablarda maslahat xizmatlari hamda yangi oʻquv standartlari va darsliklarni yaratish uchun texnik mutaxassislarni taqdim etadi. Amerika mutaxassislari vazirlikka maʼmuriy boshqaruv hamda maktablarni boshqarish boʻyicha maslahat beradi. Shuningdek, XTV hamda AQSH Davlat departamenti mamlakatimiz oʻqituvchi va oʻquvchilariga ingliz tilini oʻrganish uchun treninglar tashkil etishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi.

Eʼtiborlisi, hamkorlik turlaridan yana biri sifatida sport tanlab olindi. Ushbu yoʻnalish boʻyicha maktablarda zoʻravonlikni kamaytirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida oʻquvchilarni sportga hamda maktabdan tashqari tadbirlarga jalb etiladi. Amerikalik mutaxassislar respublikamiz maktablarida STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika)ni oʻqitish sifatini oshirish boʻyicha Oʻzbekistondagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, AQSH mutaxassislari axborot texnologiyalari va ingliz tili oʻrganishda oʻquvchilarning bilimlarini oshirishga qaratilgan IT-nation va English speaking nation loyihalarini amalga oshirishda koʻmaklashadi.

Uchrashuv davomida Sherzod Shermatov hamda elchi Elis Uells tomonidan ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qilindi.

Поделиться