O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston delegatsiyasi “Budapesht jarayoni”ning 6-chi vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi

2019-02-25 | Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Akromxon Boboxonov boshchiligidagi delegatsiya shu yilning 19-21-fevral kunlari Turkiya davlatining Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan “Budapesht jarayoni”ning 6-chi vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi.

Konferensiyada migratsiya sohasida faoliyat olib borayotgan xalqaro tashkilotlar hamda Osiyo, Yevropa va Afrika qitʼalaridan 49 ta davlatning tegishli vazirlik rahbarlari va vakillari qatnashdi.

Budapesht jarayoni bu – migratsiyani tartibga soluvchi kompleks va barqaror tizimlarni rivojlantirishga qaratilgan ellikdan ziyod davlat va oʻndan ortiq xalqaro tashkilotlardan tashkil topgan maslahat forumidir. Mazkur forum migratsiya, kochqinlar, vizalar, odam savdosi va qochoqlarni qaytarish masalalari boʻyicha eng yaxshi harakatlar va koʻnikmalarni tarqatish uchun tashkil etilgan.

Konferensiyaning ochilishida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon nutq soʻzlab, hozirda noqonuniy migratsiya va xalqaro terrorizm oʻzaro bogʻliqligini taʼkidlab, dunyo miqyosida migratsiya jarayonlarini tartibga solish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrish zarurligiga alohida toʻxtaldi.

Konferensiyada soʻzga chiqqan Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbari, Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari A.Boboxonov, ishtirokchilarni Oʻzbekistonda migratsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Shuningdek, A.Boboxonov bugungi kunda mamlakatimizda migratsiya jarayonlarini tartibga solish va qoidalarni soddalashtirish, xorijiy fuqarolarni qabul qilish boʻyicha sezilarli saʼy-harakatlar amalga oshirib kelinayotganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining migratsiya va u bilan bogʻliq boʻlgan sohalarga taalluqli 10 ga yaqin Farmon va Qarorlar qabul qilinganligi, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda koʻp yillar davomida toʻplangan, koʻplab hal etilmagan muammolarni yechishga qaratilgan faol mintaqaviy siyosati, shubhasiz, Markaziy Osiyoda mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga yordam berishini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar, konferensiya tomonlarning manfaatli muzokaralari muhitida oʻtkazilganligini va ular kelgusida samarali hamkorlikka puxta zamin yaratishini taʼkidladilar.

Поделиться