O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro standart talablariga mos ziyorat turizm
2019-02-22 | Turizm
Buxoro shahrida Ziyorat turizmi boʻyicha birinchi xalqaro forum oʻz ishini boshladi.
Forumni tashkil etishdan maqsad – respublikamizning turizm sohasidagi imkoniyatlari va salohiyatini keng targʻib etish, shuningdek, Oʻzbekistonni dunyo miqyosida islom dunyosidagi ziyorat-turizmi boʻyicha yirik markazlardan biri sifatida eʼtirof etishga qaratilgan. Mazkur xalqaro forum islom dunyosining 120 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkiloti, ilmiy-akademik doiralar, ziyorat turizmi boʻyicha turistik kompaniyalar vakillaridan iborat xorijiy mehmonlar, shuningdek, mahalliy OAV vakillari va turoperatorlar ishtirokida oʻtkazilmoqda.
Shu bilan birga, Ziyorat turizmini rivojlantirishda xalqaro standartlarni joriy etish, xalqaro standart talablariga mos ravishda xizmat koʻrsatish tizimlarini tashkil etish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Tadbirda “Oʻzstandart” agentligi vakillari ham ishtirok etmoqda.