O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston – Tojikiston: yangi nazorat oʻtish punkti faoliyat boshlaydi

2019-02-21 | Jamiyat

Tojikiston – Oʻzbekiston chegarasida tez orada Tojikistonning Gʻissor tumanini Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ qishlogʻi bilan bogʻlovchi yangi nazorat oʻtish punkti(NOʻP) faoliyat koʻrsata boshlaydi.

Tojikiston parlamentining quyi palatasi 20-fevral kuni hukumatlararo Shartnomaga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqladi, unga koʻra yangi NOʻP faoliyat yurita boshlaydi.
Tojikiston MXDQ raisining oʻrinbosari va Tojikiston Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni, general-polkovnik Rajabali Rahmonali yangi NOʻP ochilishi borasidagi protokolni parlament deputatlariga taqdim qilarkan, Gʻissor-Bobotogʻ oʻtish punkti mahalliy aholiga borish-kelishni yengillashtirish va chegara oldi savdosi rivojiga hissa qoʻshish bilan bir qatorda Tojikiston –Oʻzbekiston chegarasidagi boshqa NOʻPlardagi navbat kutishlarni qisqartirishini taʼkidladi.

Rajabali Rahmonali parlament deputatlari tomonidan protokol tasdiqlanganidan keyin yangi NOʻP xalqaro maqomga ega boʻlmasligini, undan faqat Tojikiston va Oʻzbekiston fuqarolari, ularga tegishli transport vositalarigina oʻtishini aytdi. Xorijlik fuqarolar chegaradagi 9ta xalqaro oʻtish punktlaridan foydalanishlari mumkin, deya taʼkidladi chegara xizmati qoʻmondoni.

Eslatib oʻtamiz, Tojikiston-Oʻzbekiston chegarasida yangi nazorat-oʻtish punktlarini ochish masalasi oʻtgan yilning 17-18-avgust kunlari Tojikiston prezidenti Emomoli Rahmonning Oʻzbekistonga davlat tashrifi chogʻida muhokama qilingan edi. Rahmonning Oʻzbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlanishi bilanoq ikki mamlakat chegara muassasalari yangi NOʻPlar ochilishi bilan bogʻliq masalani oʻrganishga kirishdilar.

Tojikiston chegara qoʻshinlari qoʻmondoni shuningdek, 2018-yilning mart oyidan beri, Tojikiston va Oʻzbekiston vizalarni bekor qilishga kelishib olganidan soʻng, tojik-oʻzbek chegarasidan 1 million 384 ming kishi oʻtganini maʼlum qildi.

Поделиться