O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston-Isroil siyosiy maslahatlashuvlari toʻgʻrisida

2019-02-20 | Siyosat

2019-yilning 19-fevral kuni Oʻzbekiston-Isroil siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi raundi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Dilshod Axatov va Isroil Davlati Tashqi ishlar vazirligi bosh direktori oʻrinbosari va Yevroosiyo departamenti rahbari Aleksandr Ben-Svi boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.

Ikki tomon kun tartibi va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik barcha masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda taʼkidlanganidek, ikki tomon ham siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, turizm, taʼlim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda Oʻzbekiston-Isroil muntazam muloqoti, transmilliy tahdidlarga qarshi kurashishga muhim ahamiyat qaratadi, parlamentlararo aloqalar, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro manfaatli aloqalarni faollashtirishga qiziqish bildiradi.

Muzokaralar chogʻida savdo-iqtisodiy, investitsion, texnologik hamkorlik hajmlarini oshirishdan tomonlarning manfaatdorligi tasdiqlandi.

Oʻzbekiston tomoni mamlakatimizda yuz berayotgan keng koʻlamli islohotlar, jumladan xorijiy investitsiya va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish uchun yaratilgan sharoitlar toʻgʻrisida hamkorlarga mufassal maʼlumot berdi.

Suhbatda 2019-yilga moʻljallangan qoʻshma tadbirlarning jadvali va kun tartibi, xususan Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisi yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

Muzokaralarda Oʻzbekiston – Isroil munosabatlari shartnoma-huquqiy asosini kengaytirishning hozirgi holati va istiqbollari batafsil koʻrib chiqildi.

Поделиться