O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hamkorlikning yangi bosqichlari muhokamada
2019-02-19 | Jamiyat
“O‘zstandart” agentligi bosh direktor o‘rinbosari J.Shukurov boshchiligidagi Agentlik vakillari Turk standartlari instituti (TSE) bosh kotibi o‘rinbosari Yetxam Kaya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrda “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4059-sonli qaroriga muvofiq “O‘zstandart” agentligining faoliyatini takomillashtirish va xorijiy tajribalardan keng foydalanish maqsadida xorij davlatlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish masalasi va Agentlik hamda Turk standartlari instituti (TSE) o‘rtasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.