O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vengriya delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurdi
2019-02-18 | Turizm
Samarqandga Vengriya davlatidan tarixchilar va venger milliy muzeyi xodimlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif dasturi doirasida viloyat hokimligi turizmni rivojlantirish departamentida uchrashuv oʻtkazildi.
Muzokaralarda Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasida madaniy aloqalarni rivojlantirish hamda Samarqand shahrida buyuk venger olimi, Markaziy Osiyo boʻyicha tadqiqotchi-Herman Vambery xotirasiga bagʻishlab memorial doskani tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Delegatsiya aʼzolari milliy urf-odatlarimiz va anʼanalarimiz bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, Registon maydoni, Hazrati Xizr masjidi, Bibixonim masjidi, Afrosiyob muzeyi, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi, Xoʻja Doniyor majmuasiga tashrif buyurishdi hamda “Samarkand-Bukhara Silk Carpe” qoʻshma korxonasida boʻlib, gilam toʻqish jarayoni bilan tanishishdi.