O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ijtimoiy-siyosiy faol ayollar uchun seminar tashkil etilmoqda
2019-02-18 | Jamiyat
Joriy yilning fevral oyida ijtimoiy-siyosiy faol ayollarni rahbarlik lavozimlariga, shuningdek, kelgusida deputatlikka tayyorlash va ularning bilimlarini yanada oshirish maqsadida oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda.
Unda siyosiy partiyalarning vakillari, mutaxassislar va poytaxt tumanlaridagi mavjud korxona, muassasa va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar ishtirok etmoqda.
Oʻquv-seminar davomida mutaxassislarning maʼruzalari tinglanadi hamda yigʻilganlar oʻrtasida bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan muhokamalar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Shuningdek, unga deputatlikka nomzod sifatida tavsiya qilingan 300 dan ortiq xotin-qizlar jalb etilgan.
Maʼlumot uchun, OʻzLiDeP partiyasi aʼzolarining 50%, Oʻzbekiston Xalq Demokratik partiyasining 56%, Adolat SDP partiyasida 48%, Milliy tiklanish partiyasining 47% ini xotin qizlar tashkil etadi.