O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Adliya vazirligi 2018-yilda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot kitobini taqdim etadi
2019-02-14 | Jamiyat
Ayni kunlarda Adliya vazirligi tomonidan nashr etilgan “Adliya hisobot beradi” nomli hisobot kitobi omma eʼtiboriga havola etildi.
Hisobotni eʼlon qilishdan asosiy maqsad adliya organlari faoliyatida ochiqlilikni taʼminlash, erishilgan natijalarini sarhisob qilish va ular haqida ommaga batafsil maʼlumot berishdan iborat. Ushbu kitob orqali fuqarolar 2018-yil davomida adliya organlarining har bir faoliyat yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha batafsil tahliliy axborotga ega boʻlish imkoniga ega boʻladi.
Shuningdek, hisobotda vazirlik faoliyati davomida amalga oshirilgan islohotlar va oʻzgarishlar, kelajakdagi maqsadlar va muhim strategik rejalar ham oʻz ifodasini topgan. Ushbu maqsad va rejalar Adliya vazirligi faoliyatining samaradorligini taʼminlovchi muhim omillardan biri boʻlishi bilan birga adliya organlarini jamoatchilik oldidagi masʼuliyatini ham oshiradi.
“Adliya hisobot beradi” nomli kitob matni bilan www.adliya.uz (72 mb. pdf formatida) saytida tanishishingiz mumkin.