O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

#BoburDay sayli boshlandi

2019-02-14 | Madaniyat

Bugun davlat arbobi, shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlik huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi hamda “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi koʻmagida Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan #BoburDay sayli bayram aksiyasi oʻtkazilmoqda.

Mazkur aksiyada oʻzini milliy qadriyatlarimizga daxldor deb biluvchi, ijodkor yurtdoshlarimiz faol ishtirok etmoqda. Ishtirokchilar universitet hududida oʻrnatilgan buyuk siymo Bobur tavallud kuniga bagʻishlab tayyorlangan maxsus bannerlar, dekoratsiya va illyustratsiyalar atrofida suratga tushib, oʻz ishtiroki va munosabatini on-layn tizimda turli ijtimoiy tarmoqlarda aks ettiryapti.
 
Aksiyada el sevgan taniqli sanʼatkorlar, kino va teatr aktyorlari, sportchilar qatnashyapti.
 
Jahon trendlaridan biriga aylanib ulgurgan #BoburDay xesh-tegi mana bu yil ham Internet foydalanuvchilari oʻrtasida yana bir bor ulugʻ allomaning hayoti va ijodini faol targʻib qilib, yoshlar oʻz tengdoshlari bilan dunyoning barcha burchaklaridan turib mavzu atrofida muloqot qilishlari hamda fikr almashishlari imkoniyatini yaratmoqda. 
 
Shuningdek, saylda bir vaqtning oʻzida barcha ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilari oʻz postlarida #BoburDay xesh-tegini ishlatgan holda qatnashishlari mumkin.
 
#BoburDay sayli koʻtarinki kayfiyatda boshlandi.
 

Barno Meliqulova, Oqil Gʻulomov (surat), OʻzA

Поделиться