O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2019-02-13 | Siyosat
12-fevral kuni Qishloq xoʻjaligi vazirligida Qirgʻiziston Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati toʻgʻrisida fikr almashildi va Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning rivojlanishining ijobiy dinamikasi alohida taʼkidlandi. Qirgʻiziston Respublikasi qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vaziri Qыrgʻыzistonning kartoshka, goʻsht va boshqa mahsulotlarini Oʻzbekiston bozoriga yetkazib berishga qiziqish bildirdi. Uchrashuv davomida muhandislik, chorvachilik, urugʻchilik kabi sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish holati muhokama qilindi. Xususan, Qirgʻiziston Respublikasi sanoat, energetika va yer osti boyliklari davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Jirgalbek Sagыnbayev birgalikda ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasini Rossiya Federatsiyasi bozoriga yetkazib berishni taklif etdi.
“Biz Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning agrosanoat sohasini rivojlantirishda mamlakatlarimizning raqobatbardosh ustunliklaridan samarali foydalanish tarafdorimiz” - deya taʼkidladi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Jamshid Xodjayev.
Uchrashuv yakunida tomonlar qoʻshma ishchi guruh tuzish va 2019-yilga moʻljallangan rejalarni belgilash boʻyicha kelishuvga erishdilar.