O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Jamshid Xodjayev Isroil elchisini qabul qildi

2019-02-13 | Siyosat

12-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligida Isroil Davlatining elchisi va “Gadot Agro” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida Isroilning elchisi Eduard Shapira va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri Jamshid Xoʻjayev qishloq xoʻjaligi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, Oʻzbekiston-Isroil agroforumini 2019-yil aprelida oʻtkazish taklifi ilgari surildi. Tadbir doirasida Isroilning yetakchi qishloq xoʻjaligi kompaniyalari respublika viloyatlariga tashrif buyurib, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi bozori bilan tanishish va ikki mamlakat fermerlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish rejalashtirilgan.

“Isroil qiyin iqlim va atrof-muhit sharoitida samarali qishloq xoʻjaligi tizimini yaratish uchun uzoq yoʻlni bosib oʻtdi. Biz oʻzimizning isroillik hamkasblarimizning nafaqat mahsulot sifati va miqdorini yaxshilashdagi, balki qishloq xoʻjaligida tarkibiy islohotlarni amalga oshirish uchun ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha qiziqish bildirmoqdamiz ”, - takidlab oʻtdi uchrashuvda Jamshid Xodjayev

Isroilning diplomatik vakolatxonasi boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Isroil elchixonasi oʻrtasida 2019-yilda “Action Plan” tayyorlash tashabbusini qoʻllab-quvvatladi. Shuningdek, Isroil tomoni ikki mamlakat oʻrtasida qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida “MASHAV” tashkiloti orqali hamkorlikni faollashtirishni taklif qildi.

Gadot Agro kompaniyasi vakillari paxta ekinlarining hosildorligini oshirish va tuproq shoʻrlanishiga qarshi kurashish uchun tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etish uchun yechimlar taklif qildilar.

Maʼlumot uchun: “Gadot Agro” kompaniyasi 1950-yilda tashkil topgan boʻlib, oʻsimliklarni himoya qilish va urugʻlik resurslarini taʼminlash uchun yechimlar taklif qiladi.

Поделиться