O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Poytaxtda ikkita yangi “Business city” loyihalari amalga oshiriladi

2019-02-12 | Iqtisodiyot

Poytaxtimizdagi Hyatt Regency mehmonxonasida mahalliy va xorijiy biznes-tuzilmalar, jurnalistlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida yangi “Business city” loyihalarining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Loyihalar Mirzo Ulugʻbek va Yunusobod tumanlarida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Taqdimotda “Mirzo Ulugbek Business city” loyihasi Amir Temur maydonidan Mustaqillik va Mirzo Ulugʻbek koʻchalari boʻylab 6.5 km masofada, “Yunusobad Business city” loyihasi Yangi shahar va Chinobod koʻchalari kesishmasida joylashishi qayd etildi.

Mazkur loyihalar doirasida zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan mehmonxonalar, koʻp qavatli turar-joy binolari, chakana savdo doʻkonlari, koʻp tarmoqli majmualar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari kabilarni oʻz ichiga oladi.

Maʼlumot uchun, “Yunusobad Business city” markazi 4 ta lotdan iborat. 41 gektar maydonda qurilishi kutilayotgan markazning birinchi lotida 9,12,15 qavatli 3 va 4 yulduzli mehmonxonalar bunyod etiladi. Ikkinchi lot hududida maktab va bogʻcha hamda 1388 oʻrinli avtoturargoh barpo etish koʻzda tutilgan. Maydoni 1,4 gektar boʻlgan uchinchi lotda ofis va mehmonxonalar, 12 va 15 qavatli binolar quriladi. 18,2 gektarlik toʻrtinchi lotda esa katta bogʻ, kichik doʻkon va restoranlar qurish rejalashtirilgan.

Поделиться