O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2019-yilning 1-martidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tadbirkorlarning hujjatlarga muhr bosilishini talab qilish bekor qilinadi

2019-02-11 | Jamiyat

Bu haqda 2019-yilning 8-fevral kuni Adliya vazirligida qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish maqsadida oʻtkazilgan “Adliya axboroti” nomli brifing va matbuot anjumanida qayd etildi. Davlatimiz rahbarining 2019-yil 5-fevraldagi “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori boʻyicha tashkil etilgan matbuot anjumanida soha mutaxassislari unda nazarda tutilgan muhim vazifalar haqida ishtirokchilarga tushuntirishlar berishdi.

Taʼkidlanishicha, ushbu hujjat bilan, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash boʻyicha “Yoʻl xaritasi”;

2022-yilga kelib respublikaning 20-oʻringa erishishini nazarda tutuvchi Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasi reytingini yaxshilashning “Biznes yuritishni yaxshilash – 2022” maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

2019-yil 1-martdan:

tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda bank hisob raqamlarini masofadan turib ochishi mumkin;

qurilish uchun ruxsatnomalar olish sohasida:

yer uchastkasida qurilishi taqiqlangan yoki ruxsat etilgan obyektlar toʻliq koʻrsatib, “E-IJRO AUKSION”ga auksion orqali qoʻyilganda, yer uchastkalaridan maqsadli foydalanish tartibi bekor qilinadi;

qurilish organlariga arxitektura-shaharsozlik kengashlarining loyiha-smeta hujjatlarini kelishish funksiyalari oʻtkaziladi;

qurilishi tugallangan bino va inshootlarni qabul qilish dalolatnomasi koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma koʻchirmasi bilan bir vaqtda beriladi;

isteʼmolchilarni elektr taʼminotidan ruxsatsiz uzganlik uchun iqtisodiy sanksiyalar qoʻllaniladi;

mulkni roʻyxatdan oʻtkazish sohasida:

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va kadastr hisobini yuritish uchun ariza eksterritoriallik prinsipi asosida berilishi mumkin;

notarial idoralar majburiy tartibda koʻchmas mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani va tegishli hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali bepul asosda yuboradi;

kadastr hujjatlarini tayyorlash uchun elektron shaklda murojaat qilish va tayyorlash mexanizmi joriy etiladi;

minoritar aksiyadorlarni himoya qilish sohasida:

aksiyadorlarga yirik bitim va affillangan shaxslar bilan qiymati jamiyat sof aktivlari miqdorining 10 va undan ortiq foizini tashkil qiluvchi bitim tuzish natijasida jamiyatga yetkazilgan zarar uchun kuzatuv kengashining manfaatdor aʼzosini sud tartibida javobgarlikka tortish huquqi beriladi;

aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlarni Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi yoki investitsiya vositachilari orqali toʻlash mexanizmi joriy etiladi;

xalqaro savdo sohasida – tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni berish Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan bir qatorda Savdo-sanoat palatasi tomonidan ham amalga oshiriladi;

kontraktlar ijrosini taʼminlash sohasida:

iqtisodiy sudda nizolarni hal qilish usuli sifatida sudgacha majlis oʻtkazish imkonini beruvchi tartib joriy etiladi;

sudlarda toʻlovlarni amalga oshirishning yagona elektron tizimi joriy etiladi.

2019-yil 1-martdan quyidagilar bekor qilinadi:

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tadbirkorlarning hujjatlarga muhr bosilishini talab qilish;

qurilish-montaj ishlarining boshlanishi haqida xabardor qilish mexanizmini joriy etish orqali ularni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish;

qurilish sohasini nazorat qiluvchi hududiy inspeksiyalar tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni bajarish yuzasidan shartnomalar tuzish tartiblari.

2020-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida shaharsozlikka oid yangi eksperiment tartibi joriy etiladi.

Bundan tashqari, qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish boʻyicha ishlar samaradorligini oshirish va bunda yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Adliya axboroti” nomli brifing tashkil etildi. Unda yakuniga yetayotgan hafta davomida bir qator muhim masalalar boʻyicha qabul qilingan 10 dan oshiq qonun hujjatlari haqida maʼlumot berildi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisidagi Qonun haqida maʼlumotlar berildi.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalari quyidagicha tuziladi:

Oʻzbekiston nomidan – davlatlararo shartnomalar;

Hukumat nomidan – hukumatlararo shartnomalar;

Adliya vazirligi xalqaro shartnoma loyihasi qonun hujjatlariga muvofiqligi borasida huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.

Oʻzbekiston nomidan xalqaro shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklif Prezidentga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi.

Bundan tashqari brifingda, “Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi kabi Prezident qarorlari, “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi singari Prezident Farmonlari va qator hukumat qarorlari haqida ham maʼlumot berildi.

OAV vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari orqali javoblar olishdi.

Поделиться