O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq taʼlimi vazirligi axboroti
2019-02-11 | Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Kun.uz nashrining Fargʻona viloyati Quva tumanidagi Qorashoh mahallasidagi 44-umumtaʼlim maktabi stadionida maishiy xizmat obyektlarini qurilishi haqidagi maqolasiga shuni maʼlum qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabridagi “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandiga koʻra umumtaʼlim va maktabdan tashqari muassasalarning yer uchastkalari va koʻchmas mulkini Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlanadi.
Qorashoh mahallasidagi 44-umumtaʼlim maktabi stadionini tadbirkorlar loyihalarini amalga oshirishlari uchun ajratish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining roziligi olinmagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining Huquqiy-nazorat Xizmatiga mazkur holatni oʻrganib chiqish va qonunchilik doirasida kerakli choralar koʻrish topshirildi.