O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga

2019-02-11 | Jamiyat

Vatandoshlarimiz murojaatlari munosabati bilan shuni maʼlum qilamizki, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan mehnat migratsiyasida boʻlib turgan va chet elda vafot etgan vatandoshlarimiz jasadini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelishda amaliy yordam koʻrsatiladi.

Agarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan yaqin qarindoshingiz yoki tanishingiz bunday holatlarga tushib qolganligi va yordamga muhtojligi toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlsangiz Rossiya Federatsiyasidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Vakolatxonasiga yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.

Maʼlumot uchun:

Rossiya Federatsiyasidagi manzil: Moskva shahri, 1-Kazachiy tor koʻchasi, 11/2 (1-y Kazachiy pereulok, 11/2).

Murojaat uchun telefon raqami: +7-903-507-76-67.

Oʻzbekiston Respublikasida manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani, Qamarniso koʻchasi, 1-uy.

Murojaat uchun telefon raqami: +998-71-202-33-55 (ichki raqam: 16, 17). Telegram kanali: @migration_uz.

Поделиться