O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida brifing

2019-02-11 | Jamiyat

2019-yilning 8-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mahalliy ommaviy axborot vositalari rahbarlari va vakillari bilan uchrashdi.

Vazir jurnalistlarga 2019-yil 19-20-fevral kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyoda oʻzaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Konferensiyaning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qutlov nutqini soʻzlashi kutilmoqda.

Konferensiya davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish doirasida oʻtkazilmoqda.

Konferensiya Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etilmoqda.

Forumga Afgʻoniston, AQSH,Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Eron, Germaniya, Gruziya, Hindiston,Isroil, Ispaniya, Italiya, Qozogʻiston, Kanada, Misr, Xitoy, Kuvayt, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Latviya, Malayziya, Niderlandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tailand, Turkiya, Vengriya, Ukraina, Oʻzbekiston, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya, Yaponiya tahliliy markazlarning 100 dan ortiq vakillari taklif etilgan boʻlib, ular mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holati va xavfsizlik, savdo, transport, suvdan foydalanish, taʼlim va ilm-fan sohalarida aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar.

Tadbirda Yevropa Ittifoqi, Shimoliy kengash, Amerika davlatlari tashkiloti, Arktika maslahatlashuv kengashi mintaqaviy tuzilmalari, shuningdek, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti, Yevropa investitsion banki va boshqa xalqaro moliya institutlari vakillari ham ishtirok etadi.

Поделиться