O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jomboyda investitsiya loyihalari taqdimoti oʻtkazildi
2019-02-07 | Jamiyat
Joriy yilning 6-fevral kuni Jomboy tumanida 2019-yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.
Taqdimotda Jomboy, Toyloq, Bulungʻur, Payariq va Oqdaryo tumanlaridan ishtirok etgan tadbirkorlarning 25 ta loyihalari muhokama etildi.
Loyihalarning iqtisodiy samaradorligi, ijtimoiy ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratilib, xorijiy investorlarga koʻmaklashish, loyihalarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan soha mutaxassislariga zaruriy koʻrsatmalar berildi.
Viloyatda 2019-2020-yillarda qiymati 18,7 trln. soʻm boʻlgan 968 ta loyihalar amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu loyihalarda toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyasi miqdori 90 ta loyihada 1 mlrd. 475 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Shundan, 2019 yilda 73 ta loyihada 355 mln. AQSH dollari miqdorida chet el investitsiyasi kiritilishi kutilmoqda.