O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Nuroniy” jamgʻarmasi vakillari “Tashkent Sity” da boʻldi
2019-02-07 | Jamiyat
Toshkent shahar hokimligi va “Nuroniy” jamgʻarmasi Toshkent shahar Kengashi hamkorligida Shayxontohur tumanida joylashgan “Tashkent Sity” qurilish obyektida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda “Nuroniy” jamgʻarmasidan vakillar ishtirok etdi.
Uchrashuvda vakillar Kongresslar zali hamda “Lot” larning qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan majmuaning tayyor maketi namoyish etilib, istiqbolda foydalanish mumkin boʻlgan xizmatlar haqida maʼlumot berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar qurilish obyektlarida mehnat qilayotgan quruvchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdilar.