O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro inspeksiya auditi oʻtkazildi
2019-02-07 | Jamiyat
“Oʻzbek-Turk Test Markazi” qoʻshma korxonasining Sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish idorasiga 2015-yilda berilgan akkreditatsiya guvohnomasini tasdiqlash maqsadida Xalqaro akkreditatsiya forumining aʼzosi (IAF) hisoblangan Turkiya akkreditatsiya organining (TURKAK) xalqaro ekspertlari tomonidan navbatdagi inspeksiya nazorati oʻtkazildi.
Inspeksiya nazorati davomida xalqaro ekspertlar sertifikatlashtirish idorasi tomonidan ISO 9001 standartiga muvofiq rasmiylashtirilgan respublikada faoliyat yuritadigan “Sifatli tovuq” XK, “Ziraat Bank” AJ va “Hi-Tech Bank” XATB kabi yetakchi sanoat korxona va banklarga tashrif buyurdilar.
Tashrif chogʻida ekspertlar, auditorlik xujjatlari yaxlitligini, mutaxassislarni tayyorgarlik darajasini va protseduralar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlanishini oʻz vaqtida baxoladi. Shuningdek, qoʻshma korxona tomonidan tashkillashtirilgan auditorlik tekshiruvlari davomida ekspertlar qoʻshma korxona auditorlarining yuqori professional darajasini qayd etdilar.