O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AKT vazirligining “Ishonch Telefoni” 1-fevraldan “1199” qisqa raqami orqali ishlamoqda
2019-02-04 | Jamiyat
1-fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Ishonch telefoni” “1199” qisqa raqami orqali kunu tun tartibida ishlamoqda.
Ishonch telefoni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etildi.