O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligi va “Buyuk Kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti oʻrtasida Memorandumini imzolandi

2019-02-04 | Jamiyat

2019-yil 1-fevral kuni Adliya vazirligi va “Buyuk Kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti oʻrtasida oʻzaro anglashuv Memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda Adliya vaziri birinchi oʻrinbosari M.Istamov, “Buyuk Kelajak” XNNT ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi Z.Azimova hamda “Buyuk Kelajak” XNNT taʼsischisi B.Ismailovlar ishtirok etdi.

Memorandumning maqsadi “Buyuk Kelajak” ekspertlarining ilgʻor xorij tajribasi tahlillarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy bazasini va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirishdan iboratdir.

Taʼkidlanishicha, ushbu hujjat tomonlarning rejalashtirilayotgan tadbirlarni hamda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamdagi islohotlar jarayonidagi vazifalarni samarali amalga oshirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Поделиться