O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mamlakatimizda sanoat turizmi rivojlantiriladi
2019-02-01 | Turizm
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-sonli “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorining tegishli bandlarida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, korxona va texnologik jarayonlar tarixini aks ettiruvchi tegishli ekspozitsiyalarni yaratgan holda oʻzbek, rus va ingliz tilidagi ekskursovod xizmatlarini taqdim etib yoshlarni yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishtirishga yoʻnaltirilgan industrial turlarini, shuningdek tashrif buyuruvchilarga esdalik sertifikatlarni taqdim etgan holda alohida texnologik jarayonlarda ishtirok etishlarini tashkil qilish koʻzda tutilgan.
Mamlakatimizda sanoat turizm boshqa turizm yoʻnalishlarga nisbatan yangi yoʻnalish hisoblanadi. Har bir yosh avlod turli xil qiziqish va dunyo qarashlarga ega boʻlib, ular oʻzlari isteʼmol qiladigan mahsulotlariga, kundalik foydalanadigan vositalariga, ishlatayotgan texnika jihozlariga umumiy qilib aytganda foydalanadigan buyumlarining ishlab chiqarish jarayoni qay tarzda kechar ekan degan tabiiy savol va qiziqish uygʻotishi tabiiy.
Shu munosabat bilan, yoshlarni ushbu qiziqish va istaklarini inobatga olgan holda, mamlakatimiz boʻylab 2019-yilda jami 29000 nafar yosh avlodlarni yirik sanoat korxonalariga sayohatlar tashkillashtirish rejalashtirilgan.
Ushbu sayohatlar mamlakatimizning eng nomdor va nufuzli korxonalarida tashkillashtiriladi, jumladan: “Coca-cola ichimligi Oʻzbekiston” MCHJ QK, “DORI-DARMON” AJ, “Nestle Uzbekistan” MCHJ, “Artelgroup” MCHJ, Navoiy “Erkin iqtisodiy zonasi” direksiyasi, “Samsung” radioelektronika ishlab chiqarish, “JV MAN AUTO-UZBEKISTAN” QK, QK va koʻplab shu turdagi korxonalarni oʻz ichiga oladi. Ushbu turizm yoʻnalishi yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirish hamda ishlab chiqarishga boʻlgan qiziqishlarini uygʻotishga zamin yaratib, respublikamizda yangi turizm yoʻnalishi shakllanishiga xizmat qiladi. Ushbu fursatdan foydalanib barcha yoshlarni respublikamizdagi yirik ishlab chiqarish korxonalariga sanoat turizmini amalga oshirishga taklif qilamiz.