O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Nаnking politexnikа instituti bilаn hаmkorlik yo’lgа qo’yildi
2019-01-30 | Fan
Joriy yilning 26-yanvar kuni “O’zstandart” agentligida Xitoy Xalq Respublikasining Nanking politexnika instituti vitse-prezidenti janob Chjan Syaotszyun raxbaligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda, biotexnologiyalar sohasidagi standartlashtirish va kimyo mahsulotlari sinovi, Аgentlik huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda ilmiy kadrlar tayyorlash bo’yicha hamkorlik masalasi ko’rib chiqildi.
Shuningdek, anjumanda Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o’qitish respublika markazi va O’zbekiston-Xitoy savdo uyushmasi vakillari ham faol qatnashdi.