O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezidentimizning Jizzax viloyatiga tashrifi boshlandi

2019-01-30 | Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2019-yil 30-yanvar kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

Prezidentimizning ushbu tashrifi davomida ham viloyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarning amalga oshirilishi, avvalgi tashrifda berilgan topshiriqlar ijrosi, aholining talab-ehtiyojlari bilan bevosita tanishish koʻzda tutilgan.

Davlatimiz rahbari oʻtgan yil mart oyida viloyatga tashrifi chogʻida bergan taklif va tavsiyalari, topshiriqlari asosida yakunlangan 2018-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlarini taʼminlash omili boʻldi.

Viloyatda 2018-yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 7 trillion 138 milliard soʻmni, oʻsish 2017-yilga nisbatan 105 foizni tashkil etdi. Yillik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 102,1 foizga, qurilish ishlari hajmi 104,4 foizga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 102 foizga, chakana savdo aylanmasi 107,4 foizga, xizmatlar hajmi 113,3 foizga oshdi.

Oʻtgan yili viloyatda 10 million 113 ming dollarlik sanoat va 34 million 504 ming dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari, jami 44 million 617 ming dollar mahsulot eksport qilindi. Natijada eksport hajmi 2017-yilga nisbatan 9,5 million dollarga yoki 127 foizga oshdi.

2018-yilda viloyatda 43 ta yangi qoʻshma va xorijiy korxonalar roʻyxatdan oʻtkazilib, ular soni 120 taga yetdi.

Oʻtgan yili viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 2 trillion 737 milliard soʻmlik toʻgʻridan- toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi natijasida 395 ta loyiha amalga oshirildi. Bu sohada oʻsish 232 foizni tashkil etdi.

Davlatimiz rahbari oʻtgan yilgi tashrifi chogʻida hududda yetishtirilgan paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash boʻyicha bergan topshiriqlari asosida viloyatda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadida umumiy qiymati 27,1 million dollar, jumladan, 8 million dollari toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya boʻlgan 19 ta loyiha amalga oshirilib, 1 ming 420 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Zarbdor tumanida “Zarbdor tekstil”, Yangiobod tumanida “Balandchaqir tekstil”, Paxtakor tumanida “Paxtakor Teks”, Mirzachoʻl tumanida “Mirzachoʻl Teks”, “Mirzachoʻl tikuvchilik”, Jizzax shahrida “Jizzax tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan ip- kalava, tayyor kiyimlar ishlab chiqarish boʻyicha yirik loyihalar amalga oshirildi.

Ayni paytda viloyatda 312 ta toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari faoliyat olib bormoqda. Oʻtgan yili viloyatda yetishtirilgan 180 ming tonna paxta xomashyosi hududdagi 5 ta paxta tozalash korxonasi tomonidan 100 foiz qayta ishlanib, 60 ming tonna tola olinishi rejalashtirilgan.

Olingan 60 ming tonna paxta tolasining 23,1 ming tonnasi – 38,5 foizi qayta ishlanishi natijasida 20,5 ming tonna ip-kalava mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Iqtisodiyotning rivojlanishi ijtimoiy sohada toʻplanib qolgan muammolarni hal etish, aholining talab va ehtiyojlarini toʻlaroq qondirish imkoniyatini yaratmoqda. Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash, maktab va maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha qator loyihalar amalga oshirilayotir. “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Har bir oila tadbirkor” dasturlarini amalga oshirish ustida izchil ish olib borilmoqda.

Prezidentmizning 2019-yil 3-yanvardagi “Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi farmonida 2019-yil 1-martdan boshlab “Ilgʻor hudud” sinov loyihasi doirasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish sohasini tahlil qilish va baholash, hududni jadal rivojlantirish uchun ilgʻor qarorlarni aniqlash belgilangandi.

 

Toshqul Beknazarov, OʻzA

Поделиться