O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Korrupsiyaga qarshi kurashishda jurnalistning oʻrni qanday boʻlishi kerak?

2019-01-29 | Jamiyat

Korrupsiya soʻzining mohiyatida buzmoq (lotincha sorrumpere - buzmoq) maqsadi yashiringani uning qanchalik xavfli ekanini koʻrsatib turibdi. Shuning uchun ham korrupsiya dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. BMT tomonidan Korrupsiyaga qarshi konvensiya qabul qilingani bejiz emas. Oʻzbekiston Konvensiyani 2008 yilda ratifikatsiya qilgan. 

Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” gi qonuni ijrosi jarayonida jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni qaror toptirishga harakat qilinmoqda. Bunda, shubhasiz, ommaviy axborot vositalarining oʻrni beqiyos. Chunki jurnalistlar oʻz chiqishlari bilan odamlarning huquqiy ongini oshirish, ijtimoiy adolat gʻoyalarini ilgari surish orqali jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirishga koʻmaklashadi. 
 
Ommaviy axborot vositalari korrupsiyaning koʻzga koʻrinmas yashirin mexanizmlarini jamoatchilikka ochiq-oydin koʻrsatib berish, ushbu illatning jamiyat hayotida chuqur ildiz otishiga toʻsiq qoʻyish orqali unga qarshi taʼsirchan kurash olib boradi. Zero, korrupsiya holatlari boʻyicha olib boriladigan jurnalistik surishtiruvlar korrupsiyaviy jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. 
 
Shu maqsadda Oʻzbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi koʻmagida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining roli” loyihasini amalga oshirdi. 
 
– Loyiha doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo, Andijon viloyatlarida va Toshkent shahrida jurnalistlar va fuqarolik jamiyati instituti vakillarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan treninglar oʻtkazildi, – deydi Oʻzbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori Gulnora Bobojonova. – Ijtimoiy sheriklik doirasida hamkorlikdagi ish rejalarini muhokama qilish, ommaviy axborot vositalarida ushbu mavzuni yoritish, jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida korrupsiya holatlari va ularni bartaraf etish masalalarini muhokama qilish uchun “ochiq muloqot maydonlari” yaratildi. 
 
Treninglarda axborot manbalari bilan ishlash va yolgʻon axborotlar paydo boʻlmasligi uchun ularni tekshirish boʻyicha bilim va koʻnikmalar oshirildi. Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan huquqiy, institutsional chora-tadbirlar haqida batafsil axborot berildi. “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” gi qonun normalari atroflicha tushuntirildi. 
 
Loyiha doirasida tashkil etilgan treninglarda hududiy ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. 
 
Jurnalist, media-mutaxassislar va jurnalistika boʻyicha tahsil olayotgan talabalar uchun maxsus “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining roli” nomli qoʻllanma chop etildi. Qoʻllanmaga korrupsiyaga qarshi kurashishda jurnalist uchun kerakli boʻlgan xalqaro va milliy qonunchilikdagi maʼlumotlar hamda mazkur mavzuni yoritishda jurnalistning etika meʼyorlari kiritilgan. 
 
Loyiha ishtirokchilari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida eng yaxshi materiallar tanlovi oʻtkazildi va tanlov gʻoliblari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan yakuniy trening doirasida taqdirlandi. 
 

N.Abduraimova, OʻzA

Поделиться