O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BMT shafeligida tashkil etilgan Trast fondining birinchi donori sifatida Oʻzbekiston turibdi

2019-01-25 | Ekologiya

Toshkentda 24 yanvar kuni BMTning Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik Trast fondi boshqaruv kengashining ilk yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 

Unda mamlakatimiz vazirlik va idoralari, BMT va uning tuzilmalari, donor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

Yigʻilishni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi Suhrob Xolmurodov va BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer olib bordi. 

– Bugun Orol fojiasi oqibatlari xalqaro hamjamiyatdan jiddiy eʼtiborni talab qilmoqda, – dedi S.Xolmurodov. – Ayniqsa, soʻnggi yillarda kuzatilayotgan Orolboʻyi mintaqasidagi ekologik vaziyat bu borada barcha tashabbuslarni birlashtirish zarurligini koʻrsatmoqda. 

S.Xolmurodovning qoʻshimcha qilishicha, BMT shafeligida tashkil etilgan Trast fondining birinchi donori sifatida Oʻzbekiston turibdi. Undan keyingi oʻrinda Norvegiya, Yaponiya ham donorlik qilish istagini bildirgan. Ayni vaqtda donorlar safini kengaytirish ishlari ketmoqda. Xususan, turli mamlakatlar moliyaviy resurslariga 80 dan ziyod murojaatlar yoʻllangan. 

Yigʻilishda Trast fondining faoliyat yoʻnalishlari, dasturiy strategiyasi va boshqa tegishli asoslari koʻrib chiqildi. 

Fond Orolboʻyi hududida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash boʻyicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va donorlar hamjamiyatining mablagʻlarini safarbar qilishda yagona maydon boʻlib xizmat qiladi. Uning dasturiy strategiyasi esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ekologik, iqtisodiy, oziq-ovqat, ijtimoiy va aholi salomatligini taʼminlash bilan bogʻliq muammolarni hal etishga qaratilgan. 

Unga 123,3 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ toʻplanishi rejalashtirilgan. Mazkur mablagʻ asosida 2023 yilga qadar bir qancha yirik loyihalar amalga oshiriladi. Takliflar asosida bu muddat yana uzaytirilishi mumkin. 

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolboʻyi hududlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Jusipbek Kazbekov soʻzga chiqdi. 

– Oʻtgan yilning may oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida sodir boʻlgan favqulodda hodisani esga olaylik, – dedi J.Kazbekov. – Oʻshanda yomgʻir aralash tuz boʻroni har ikkala hududga ham yopirilgan edi. Bugun mana shunday falokatlarning oldini olish maqsadida Orolning qurib qolgan hududida saksovul va boshqa shoʻrxoklikka chidamli oʻsimliklardan iborat minglab gektarlik butazorlar barpo etilmoqda. Bu jarayonda Trast fondi koʻmagida yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni oʻz ichiga olgan loyihalar amalga oshirilsa, maqsadga muvofiqdir. 

Yigʻilishda fondning texnik va ishchi guruhi aʼzolari bir ovozdan tasdiqlandi. 

 

Malohat Husanova, OʻzA

Поделиться