O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari toʻgʻrisidagi maʼlumot berdi
2019-01-23 | Iqtisodiyot
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika oltin-valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish belgilangan.
Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamgʻarmasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.
Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisob varaqlaridagi valyuta mablagʻlarini, yaʼni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari mln
AQSH dollarida
Izoh: 2018 yil yanvar-dekabr oylarida oltin-valyuta zaxiralarining kamayishi qisman oltin narxining 1296,50 dan 1281,65 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga taʼsiri - 160,7 mln.doll.