O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Alisher Usmonov Oʻzbekistonga 8 million dollarlik nodir kitoblar kolleksiyasini sovgʻa qildi

2019-01-22 | Madaniyat

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarovning maʼlum qilishicha, markazning maʼmuriy va asosiy binolarini qurish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlarga homiylik qilayotgan vatandoshimiz, ayni paytda Rossiya Federatsiyasida istiqomat qilib kelayotgan tadbirkor Alisher Usmonov Islom sivilizatsiyasi markaziga qiymati 8 million dollarga teng boʻlgan 4 923 nomdagi nodir kitoblar kolleksiyasini tuhfa qildi.

– Ushbu bebaho kolleksiyadan sharqshunoslik va islom olamining Yevropaga taʼsiriga doir XIII asrdan boshlab to hozirga qadar chop etilgan lotin, ingliz, fransuz, nemis tilidagi noyob kitoblar jamlangan, – deydi Sh.Minovarov. – Mavjud 4 923 kitobning ingliz tilidagi katalogi ayni paytda oʻzbek tiliga tarjima qilinmoqda. Nodir kitoblar orasida Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobining ilk lotincha tarjimasi ham bor. Shuningdek, oʻta noyob sanalgan “Musulmon manbaalarini tarjima qilish uchun lotincha-arabcha lugʻat” nomli qoʻllanma ham mavjud.

Beruniy, Fargʻoniy singari ulugʻ ajdodlarimizning ayrim asarlari yoʻqolib ketgan, bizgacha yetib kelmagan. Ammo bu asarlarning lotin tilidagi tarjimalari saqlanib qolgan. 1200-1300 yillarga taalluqli oʻsha lotincha-arabcha lugʻatlar yordamida ajdodlarimizning lotin tilidagi ilmiy merosini asliyatda qanday boʻlganini bemalol oʻrganishimiz mumkin.

Ushbu noyob kolleksiya madaniyat va sanʼat homiysi hisoblangan vatandoshimizning xalqimizga bebaho tuhfasidir.

PS: Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov bilan suhbatni “Guliston” jurnali va “Oila va jamiyat” gazetasining yangi sonlarida oʻqishingiz mumkin.
 

Поделиться