O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“RIMC HOTELS AND RESORTS” kompaniyasi poytaxtda Disney-lend qurish taklifini bildirdi
2019-01-22 | Iqtisodiyot
Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxoʻjayev hamda Germaniyaning “RIMC HOTELS AND RESORTS” kompaniyasi rahbari Gert Prantner ishtirok etdi.
Unda Toshkent shahrida turizmni rivojlantirish va kompaniya bilan hamkorlik oʻrnatish xususida soʻz yuritildi. Hamkor kompaniya rahbari poytaxtda zamonaviy mehmonxonalar, savdo-sotiq hamda Disney-lend kabi koʻngilochar markazlarni qurilishiga qiziqish bildirayotgani haqida taʼkidlab oʻtdi.
Yigʻilishda kompaniya va hokimlik oʻrtasida hamkorlik Memorandumini imzolash taklifi ham kiritildi. Shuningdek, loyihalarni amalga oshirish uchun istiqbolli takliflar ishlab chiqildi.
Maʼlumot uchun, 30 yillik tarixga ega kompaniya dunyo miqiyosida yetakchi xalqaro mehmonxonalar operatori hisoblanadi.