O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident Bundestag Raisi bilan uchrashdi

2019-01-21 | Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 yanvar kuni kuni Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagi Raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashdi. 

Bundestag Germaniyaning bir palatali parlamenti boʻlib, qonunlar qabul qilishdan tashqari Federal kanslerni saylash hamda hukumat faoliyatini nazorat qilish kabi muhim funksiyalarni ham bajaradi. 

Oʻzbekiston va Germaniya parlamentlari oʻrtasida yaxshi aloqalar yoʻlgan qoʻyilgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Bundestag bilan hamkorlik boʻyicha“Oʻzbekiston – Germaniya” guruhi, Bundestagda esa “Germaniya Federativ Respublikasi – Markaziy Osiyo” guruhi tashkil etilgan. 

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston bilan Germaniya oʻrtasidagi hamkorlikni huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, xalqlarimiz manfaatini taʼminlashda parlamentlar muhim oʻrin tutishini taʼkidladi. 

Bundestag Raisi mamlakatimizda barqaror demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida roʻy berayotgan oʻzgarishlarni yuqori baholadi. 

Muloqotda qonun ustuvorligini taʼminlash, parlament nazorati, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha qabul qilinadigan “yoʻl xaritasi”ga asosan parlamentlararo hamkorlik qilish muhimligi taʼkidlandi. 

Oʻzbekiston Prezidentining Germaniyaga rasmiy tashrifi barcha darajadagi, jumladan, parlamentlar oʻrtasidagi aloqalarning yangi yoʻnalishlarini belgilab bergani qayd etildi. 

Davlatimiz rahbari Bundestag binosini koʻzdan kechirdi. Mamlakatimiz delegatsiyasiga Bundestag tarixi va faoliyati haqida soʻzlab berildi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Myunxen shahriga joʻnab ketdi. 22 yanvar kuni u yerda Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder hamda Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. 

Manba: O'zA

Поделиться